«Hududgazta’minot» AJ O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi sababli gaz zapravkalarining ish vaqti cheklanganini ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 24—27 fevral kunlari O‘zbekistonga sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kechasi 20-25 darajagacha sovuq bo‘lishi sababli tabiiy gaz iste’moli hajmining keskin ortishi kutilmoqda.
Ushbu munosabat bilan «Hududgazta’minot» tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga qaratilishini inobatga olib, gaz yetkazib berishda ayrim cheklovlar kiritilganini ma’lum qildi.
«Yuqoridagilardan kelib chiqib, «Hududgazta’minot» AJ barcha avtotransport haydovchilardan o‘z avtoulovlariga gaz to‘ldirish ishlarini ertalabki 05:00 dan kechki 15:00 vaqt oralig‘ida texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so‘raydi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida ham O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi sababli barcha gaz zapravkalari ish vaqtiga cheklov o‘rnatilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda