Qarshi tumanlararo Iqtisodiy sudining 14.03.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor “Humo-nur ta’minot” MCHJ hamda qo‘shimcha javobgar «Yakkabog‘ tosh-agro» MCHJdan undiruvchi ATB «Asabank» Qashqadaryo viloyat filiali foydasiga muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari, foizi hamda boshqa umumiy hisobda 1 mlrd. 300 mln. so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.
Shuningdek, undiruvni ipoteka shartnomasiga asosan qo‘shimcha javobgar «Yakkabog‘ tosh-agro» MCHJga tegishli bo‘lgan 2 ta issiqxona binosiga qaratilishi belgilagan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan tumandagi Jiyda MFY hududida joylashgan issiqxonalar tegishli tartibda xatlandi. 2020 yil 3 dekabrda mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilindi.
Tashkil qilingan savdolar davomida issiqxonalar sotilmaganligi tufayli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 56-moddasiga asosan issiqxona undiruvchiga taklif qilindi.
ATB «Asabank» Qashqadaryo viloyat filiali berilgan taklifni qabul qilib, issiqxonalarni o‘z balansiga oldi. Shu sababli, ijro hujjati ijrosi amalda tamomlandi.
Jasurbek Jumanazarov
MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochisi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin