
Tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga turli nayranglarni qo‘llagan holda yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan texnik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi avtoturargohlardan birida fuqaro V.Ch. o‘zining “Kobalt” rusumli avtomashinasi yukxonasiga joylangan, umumiy qiymati 200 million so‘mlik 245 dona tashqi xotiralarni shartli xaridorga noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar