Toshkentning Olmazor tumanida qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralarni ishlab chiqarayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati
Departament, DXX va IIBBning Olmazor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.N. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro M.ga 100 ming so‘mlik kupyuradagi 500 dona qalbaki 50 million so‘mni har birini 20 ming so‘mdan hisoblab, 10 million so‘mga o‘tkazgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, tadbirda A.N. bilan birga kelgan fuqaroning avtomashinasi va yashash xonadoni tekshirilganda, yana 66 dona seriya va raqamlari bir xil bo‘lgan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyura, qalbaki pullarni yasashda foydalanilgan rangli printer va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Yuz ming so‘mlik kupyura 2019 yilning 25 fevralidan boshlab muomalaga chiqarilgandi. Uni qalbakilashtirish holatlari avval ham ko‘p qayd etilgan. Xususan, Toshkent, Samarqand, Andijon, Namanganda qalbaki kupyuralarni bozorda muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”