O‘zbekistonda ipoteka krediti bo‘yicha bir qator imtiyozlar beriladi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev selektor yig‘ilishi davomida ta’kidlab o‘tdi. «Xabar.uz»ning ma’lum qilishicha, joriy yilda ipoteka krediti bo‘yicha 6 oylik imtiyozli davr kiritiladi.
Shaharlarda dastlabki badal miqdori 20 foizdan 15 foizga tushiriladi.
Past daromadli, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga 15 foizlik dastlabki badalning 10 foizi subsidiya sifatida to‘lab beriladi. Ya’ni, aholi uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi, xolos.
Kredit olgan aholi uchun foiz to‘lovlarining Toshkent shahrida 12 foizi, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi.
Misol uchun, qishloqlarda 54 kvadrat metrli kvartira (o‘rtacha 216 million so‘m) olmoqchi bo‘lgan oila 33 million so‘mlik dastlabki badalning faqat 11 million so‘mini to‘laydi, 22 million so‘mini esa davlat beradi.
Bu oila imtiyozli davrda oyiga 1 million 500 ming so‘m kredit to‘lasa, qolgan 1 million 100 ming so‘mini har oy davlat qoplab beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?