
Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.
8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramida:
- 6 mart - shanba (faqat 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasidagilar uchun ish kuni);
- 7 mart - yakshanba (barcha uchun dam olish kuni);
- 8 mart - (bayram, barcha uchun dam olish kuni).
Ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar Navro‘z bayramida barcha xodimlarga quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi:
- 20 mart – shanba (barcha xodimlar uchun dam olish kuni);
- 21 mart – yakshanba (Navro‘z bayrami);
- 22 mart – dushanba (27 mart (shanba)dagi dam olish kuni ko‘chirilgan - barcha xodimlar uchun dam olish kuni).
27 mart - shanba kuni barcha xodimlar uchun, jumladan haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun ham ish kuni hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar