Foto: TUMO
Toshkentda TUMO kreativ texnologiyalar markazi ochiladi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinovning so‘zlariga ko‘ra, bu har yili 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1200 ta ijodiy texnologiyalar sohasidagi yosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha asosiy vazifani hal qiladi. Darslar bepul bo‘lib, ushbu kurslarda o‘qish davri uchun stipendiya beriladi.
Markaz Yunusobod mashinasozlik kasb-hunar kolleji bazasida tashkil etiladi.
TUMO vakili Soyer Xeskokning ta’kidlashicha, bu Markaziy Osiyodagi birinchi shu turdagi markazga aylanadi, shuningdek, TUMO’ning Yerevan, Bayrut, Parij, Berlin, Tirana va Moskvada ham markazlari mavjud.
«Men Yerevan, Bayrut, Parij, Berlin, Tirana va Moskvadan tashqari navbatdagi TUMO markazi Toshkentda ham bo‘lishidan juda xursandman. Bu Markaziy Osiyodagi birinchi TUMO markazi bo‘ladi», – dedi.
TUMO markazi kreativ texnologiyalar sohasida yoshlarni amaliy faoliyatga tayyorlaydigan innovatsion ta’lim platformasi hisoblanadi. Ixtisoslashgan kurslar, ma’ruza va tadbirlar talabalarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini kundalik hayotda qo‘llash imkoniyatini beradi.
Markazning asosiy maqsadi yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va IT sohasidagi ijodiy salohiyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqarish sanaladi.
Markazga 2011 yil Yerevanda, Armanistonda asos solingan. Yoshlarni o‘qitish bugungi global mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan grafik dizayn, 3D modellashtirish, dasturlash, robototexnika, veb-dasturlash, kino ishlab chiqarish singari 14 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.
2016 yilda TUMO kreativ texnologiyalar markazi Kremniy vodiysidagi AltSchool, Tokiodagi Kindergarten va Niderlandiyadagi Steve Jobs School maktablarini ortda qoldirib, We demain fransuz jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning innovatsion maktablari reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin