MDHdagi «Eng yaxshi aeroport—2020» tanlovida Navoiy xalqaro aeroporti g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.
Foto: Uzbekistan Airports
Qariyb 30 yildan beri nodavlat va notijorat «Aeroport» assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazib kelinadigan mazkur tanlovda hamdo‘stlik davlatlaridagi barcha aeropotlar qatori Navoiy xalqaro aeroporti ham 2012 yildan buyon ishtirok etib, jami 8 marotaba mukofot sohibiga aylangan.
Qayd etilishicha, pandemiya sharoitida qator murakkabliklarning mavjudligiga qaramay, yo‘lovchi va yuk tashishda faollik ko‘rsatgan, yuqori moliyaviy natijalarga erishgan mazkur havo darvozasi ishchi-xodimlarining mehnati hay’at a’zolari tomonidan e’tirof etilgan.
Ta’kidlanishicha, aeroportning yil davomida moliyaviy va ishlab chiqarish jarayonlarida amalga oshirgan ishlari, mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi tanlov shartlariga ko‘ra munosib baholangan. «Aeroport» assotsiatsiyasining faxriy yorlig‘i hamda kubogi tantanali ravishda topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi