Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Andijonda Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi xodimlari xandaq qazish jarayonida tuproq bosib qolgan fuqaroni qutqarib oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 6 mart kuni Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Shaharning Boburshoh ko‘chasida 25 yoshli erkak xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan yo‘l bo‘ylab xandaq qaziyotgan bo‘lgan. Xandaq yuzasiga to‘plangan tuproq ishchining ustiga tushib, bosib qolgan.
Holatga guvoh bo‘lganlar darhol Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhiga qo‘ng‘iroq qilgan. Bir necha daqiqada yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari jabrlanuvchini qutqarib, shu vaqtda yetib kelgan tez yordam xodimlariga topshirgan.
Yengil jarohatlar olgan erkakka ko‘p o‘tmay kasalxonadan javob berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi