1 652
Iste’molga yaroqsiz 800 kg go‘shtni Cobalt mashinasida olib ketayotgan shaxslar aniqlandi
Qashqadaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz 800 kilogramm go‘shtni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxslar aniqlandi, deya xabar qilmoqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi.
Qashqadaryo viloyati IIB PPX va Jinoyat tergov surishtiruv bo‘limi karantin bo‘linmasi va YXHB xodimlari tomonidan Chiroqchi tuman hududida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida 2021 yil 6 mart kuni soat 03:10 larda Qashqadaryo—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan, Koson tumanda yashovchi A.B. boshqaruvidagi Cobalt to‘xtatilgan.
Avtomashinaning saloni va yukxonasi ko‘zdan kechirilganda, hech qanday veterinariya ma’lumotnomalarisiz har xil qora sellofan paket va qog‘oz qadoqlarda suyaksiz jami 800 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.
Go‘sht mahsulotlari Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida tekshirilganda, iste’molga yaroqsizligi ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas