690
Iste’molga yaroqsiz 800 kg go‘shtni Cobalt mashinasida olib ketayotgan shaxslar aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz 800 kilogramm go‘shtni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxslar aniqlandi, deya xabar qilmoqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi.
Qashqadaryo viloyati IIB PPX va Jinoyat tergov surishtiruv bo‘limi karantin bo‘linmasi va YXHB xodimlari tomonidan Chiroqchi tuman hududida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida 2021 yil 6 mart kuni soat 03:10 larda Qashqadaryo—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan, Koson tumanda yashovchi A.B. boshqaruvidagi Cobalt to‘xtatilgan.
Avtomashinaning saloni va yukxonasi ko‘zdan kechirilganda, hech qanday veterinariya ma’lumotnomalarisiz har xil qora sellofan paket va qog‘oz qadoqlarda suyaksiz jami 800 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.
Go‘sht mahsulotlari Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida tekshirilganda, iste’molga yaroqsizligi ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

«Kobalt»ga sanitariya talablariga zid ravishda olib ketilayotgan qo‘y go‘shti aniqlandi

Sirdaryoda iste’molga yaroqsiz deb topilgan 210 kg go‘sht mahsulotlari yo‘q qilindi

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 100 kilogramm yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi

Eshak va harom o‘lgan mol go‘shtlarini sotish bilan shug‘ullangan qassoblar qo‘lga olindi

Sirdaryoda harom o‘lgan mol go‘shtini sotgan shaxslar qo‘lga olindi

Mol go‘shtimi yoki eshak go‘shti...?