
Foto: Kun.uz
Norma’ning yozishicha, «Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risida»gi qonun 25-moddasi va «Munitsipal aktivlar boshqarmasi markazi» DUK murojaatiga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:
- bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar miqdori;
- Sergeli avtomobil bozori, «O‘rikzor» savdo kompleksi ma’muriyati tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati va ijara to‘lovi miqdori;
- bozorlar va savdo markazlari ma’muriyatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati va inventar ijarasi uchun to‘lov miqdori;
- bozorlar va savdo markazlari balansidagi binolar va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi miqdori;
- bozorlar va savdo komplekslari hududida jamoat ob’ektlariga xizmat ko‘rsatish va ularni qo‘riqlash bo‘yicha majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lov miqdori.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2021 yildan kuchga kirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar