1 594
O‘zbekistonda pandemiya erkaklarga qaraganda ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklariga katta zarar yetkazdi
Foto: «Daryo»
O‘zbekistonda pandemiya davrida ish joylarini yo‘qotish va chet eldan pul o‘tkazmalaridan tushadigan daromadlarning kamayishi ayollar va erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarida bir xil darajada kuzatildi, deb yozmoqda «Gazeta.uz» «Taraqqiyot strategiyasi» markazi o‘tkazgan tadqiqot natijalariga tayanib.
Ammo qayd etilishicha, katta ehtimol bilan, ushbu inqiroz, o‘rtacha olganda, iqtisodiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash manbalari kam bo‘lgan ayollar boshchiligidagi oilalarga katta zarar yetkazgan. Pandemiyadan oldin ham ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining o‘rtacha oylik daromadi erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklariga qaraganda 17 foizga kam bo‘lgan.
Ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklari rejalashtirilmagan xarajatlar qila olishining ehtimoli kam, ko‘proq hollarda asosiy ehtiyojlarini (oziq-ovqat, transport xarajatlari, dori-darmon va hokazolar) qoplash uchun qarz oladi va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lay olmaydi.
2020 yil dekabr oyida ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining 42 foizi 100 ming so‘m miqdoridagi kutilmagan xarajatlarni qoplay olmasligini bildirgan. Shunday javob bergan erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining ulushi 25 foizni tashkil etgan.
Pandemiya boshlanishidan oldin ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklari tez-tez oziq-ovqat tanqisligi bo‘lib turishi haqida muntazam ravishda xabar bergan. 2020 yil aprelidan dekabrigacha bu tafovut yanada oshgan. Masalan, ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining 17 foizi oziq-ovqat tanqisligi haqida ma’lum qilgan bo‘lsa, erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining 10 foizi bundan shikoyat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»