Navoiy viloyatida 24—27 fevral kunlari kuzatilgan anomal sovuq ob-havodan mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda nihollari zararlangan, deb xabar beradi «O‘zgidromet».
Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda Gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli meteostansiya va agrometeorologik post kuzatuvlari o‘tkazilgan. 24—27 fevral kunlari kuzatilgan anomal sovuq ob-havodan mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda nihollari quyidagicha zararlangan:
- o‘rik daraxti gullari — 75-80 foizgacha;
- olma daraxti kurtaklari 50-60 foizgacha;
- olxo‘ri va olcha kurtaklari 15 foizgacha;
- tut daraxti kurtaklari 20 foizgacha;
- beda poyalarida 30 foizgacha zararlanish kuzatilgan.
Ta’kidlanishicha, tok daraxtida zararlanish kuzatilmagan. Shuningdek, Surxondaryo viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi qishloq xo‘jalik ekinlariga sovuqning ta’sirini o‘rganish maqsadida qishloq xo‘jalik ekinlari va daraxtlaridan 28 fevral kuni namunalar olgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, bug‘doy barglarining 10 foizi, beda poyasi va barglarining 10 foizi, bodom gullarining 30 foizi, o‘rik gullarining 80 foizi, gilos gullarining 25 foizi, erta pishar olmaning barg va gulto‘dasining 30 foizi, shaftoli barglarining 10 foizi, tut kurtaklarining 5 foizi, sovuqdan zararlanishi kuzatildi. Tok va anor daraxtlariga sovuq ta’sir qilmaganligi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi