2021 yil 21 fevral kuni soat 03:00 larda 19 yoshli Amirbek G‘. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida Andijon viloyati Xonobod shahri Bunyodkor MFY hududida o‘zining tanishi 21 yoshli Sayyora Q.ga nisbatan hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, uni tahqirlab, haqorat qilib, qaychi bilan sochlarini qirqib, narxi 1.350.000 so‘mlik uyali telefon apparatini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Amirbek G‘.dan uyali telefon apparat ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Amirbek G‘.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi