O‘zbekistonda yana uchta elektr stansiyasi quriladi, deb xabar bermoqda Norma. Ularning ikkitasi Toshkent viloyatida, yana biri Buxoro viloyatida quriladi.
Prezident 4 mart kuni «‘Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish’ hamda ‘Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish’ investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan.
Hujjat bilan 20 yanvar kuni O‘zbekiston hukumati nomidan Investitsiya va savdo vazirligi bilan Turkiyaning investor kompaniyasi Aksa Enerji Uretim A.5. va Aksa Enerji Tashkent (Toshkent viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida) hamda Aksa Enerji Bukhara (Buxoro viloyatida) loyiha kompaniyalari o‘rtasida imzolangan investitsiya shartnomalari tasdiqlangan.
Investitsiya shartnomalariga muvofiq, investor va loyiha kompaniyalari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, har bir loyiha uchun 450 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etadi.
Bundan tashqari, elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va loyiha kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasida imzolangan shartnomalarning yangi tahriri tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga sotish majburiyatini oladi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi