
Qirg‘iz Respublikasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri Alimqodir Beyshenaliyev hujjatlarni almashish rasmiy marosimida nima uchun O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev bilan qo‘l berib ko‘rishmaganiga izoh berdi.
Alimqodir Beyshenaliyev 11-12 mart kunlari prezident Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan delegatsiya tarkibida edi.
«Protokolga ko‘ra, faqat shartnomalarni almashish zarur edi. Barcha vazirlar qo‘l berib ko‘rishmagandi, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri buni unutganga o‘xshaydi. O‘z navbatida, men bu mumkin emasligini aytdim va qo‘limni uzatmadim», – dedi u. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 