Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Azattik» radiosiga bergan intervyusida rivojlangan mamlakatlar bundan yuz yil oldin Qirg‘iziston hozir bosib o‘tayotgan yo‘ldan o‘tganini aytdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlar «ta’lim, madaniyat va turmush darajasi bo‘yicha ancha oldinda». Qirg‘iziston nega bunday vaziyatga tushib qolgani haqida gapirar ekan, Sadir Japarov O‘zbekistonni misol tariqasida keltirdi.
«Kuni kecha O‘zbekistonga borganda ko‘p narsani sezdim. Hatto rosa uyaldim ham. (Biz qirg‘izlar) 30 yildan beri bir-birimiz bilan siyosatda kelishmay, mitinglar o‘tkazib, faqat etik tozalaydigan cho‘tka ishlab chiqara olibmiz. Fabrika-zavod qurmabmiz. O‘zbekiston bizdan 40—50 yil oldinga o‘tib ketibdi, desam yanglishmayman. Mayda shurupdan tortib, samolyot chiqarishgacha yetib borishibdi», — dedi u.
— Shukhrat (@bankir2102) March 16, 2021
Shuningdek, Sadir Japarov O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar natijalari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari barcha chegara masalalarini yaqin uch oy ichida hal qilishga kelishib olgan. Uning ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud emas va 24—25 mart kunlari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev zarur hujjatlarni imzolash uchun qo‘shni davlatga boradi.
Prezident, shuningdek, so‘nggi kunlarda jamoatchilik tomonidan faol muhokama qilinayotgan Qirg‘izistonda joylashgan O‘zbekistonning So‘x anklavi atrofidagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.
«Biz So‘xga reyslarni ochamiz, shuningdek, nazorat punktini qayta ochishni rejalashtirganmiz. Ammo internetda muxolifatchilar va yomon fikrga ega odamlar ‘So‘xga yo‘lak beriladi, yo‘l ochiladi va suv ta’minlanadi’ degan fikrni yoyishni boshladi. Bu noto‘g‘ri ma’lumot. Unkar-Too masalasiga kelsak, Shavkat Mirziyoyev ochiqchasiga aytdi, biz hududga daxl qilmaymiz, u sizga tegishli bo‘lsin, deb», — dedi Sadir Japarov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi