Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida, Zangiota tuman DNIning 07.01.2021 yildagi ijro xatiga asosan, qarzdor Sh.Qodirovdan undiruvchi ATB “INFINBANK” Zangiota filiali foydasiga 159 mln. 147 ming so‘mlik kreditdan bo‘lgan qarzdorlikni undirish haqidagi ijro ishi mavjud bo‘lib, ijro hujjati 13.01.2021yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi G‘.Maxkamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida, Qonunning 21, 87-moddalariga asosan qarzdorga tegishli barcha moddiy qiymatliklar o‘rganilib, qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatda qarz to‘lanmagani oqibatida, qarzdorga tegishli Malibu avtomobiliga band solingan.
Mazkur transport vositasini realizatsiya qilish jarayonida qarzdor tomonidan qilingan to‘lov avtomashinaning auksion savdosiga chiqib ketishidan saqlab qoldi. Hozirda bank foydasiga qarz to‘liq undirilib, ijro ishi yuritish tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi