21:53 / 18.03.2021
3 323

Talabalar Navro‘z bayrami munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum qilindi

Talabalar Navro‘z bayrami munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum qilindi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yilgi Navro‘z bayramida talabalar va OTMlarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar necha kun dam olishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ish haftasining davomiyligidan qat’iy nazar barcha qatori oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi.

Jumladan:
20 mart — shanba (barcha uchun dam olish kuni);
21 mart — yakshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart — dushanba (barcha uchun dam olish kuni — haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun 27 mart (shanba)dagi dam olish kuni ko‘chirilgan).
27 mart —shanba kuni barcha xodimlar uchun ish hamda talaba-o‘quvchilar uchun o‘qish kuni bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021 yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar, barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladi. Mamlakatdagi Navro‘z bayrami tadbirlari karantin qoidalariga amal qilgan holda mahallalarda tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Talabalar Navro‘z bayrami munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum qilindi