Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yilgi Navro‘z bayramida talabalar va OTMlarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar necha kun dam olishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ish haftasining davomiyligidan qat’iy nazar barcha qatori oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi.
Jumladan:
20 mart — shanba (barcha uchun dam olish kuni);
21 mart — yakshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart — dushanba (barcha uchun dam olish kuni — haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun 27 mart (shanba)dagi dam olish kuni ko‘chirilgan).
27 mart —shanba kuni barcha xodimlar uchun ish hamda talaba-o‘quvchilar uchun o‘qish kuni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021 yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar, barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladi. Mamlakatdagi Navro‘z bayrami tadbirlari karantin qoidalariga amal qilgan holda mahallalarda tashkil etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi