1 889
Surxondaryoda 22 yoshli haydovchi tezlikni oshirishi natijasida kanalga tushib ketib, halok bo‘ldi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida Nexia avtomobili kanalga tushib ketishi natijasida bir yigit vafot etdi, yana biri shifoxonaga yotqizildi, deya xabar berilmoqda «Zamon» informatsion dasturida.
Qayd etilishicha, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro 2021 yil 16 mart kuni taxminan soat 16:00 larda Denov tumani «Obod turmush» mahallasidan o‘tuvchi mahalliy 4N-587 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida otasiga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli mashinasida harakatlanib ketayotib, ortiqcha tezlik tufayli boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda ko‘prik temir ustuniga urilib, Qorasuv kanaliga tushib ketgan. Haydovchining o‘zi voqea joyida halok bo‘lgan.
Mashina salonida bo‘lgan haydovchining tengdoshi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu voqeadan so‘ng Qorasuv kanalidan o‘tuvchi ko‘prik juda torligi sabab piyodalar va velosipedchilar harakatlanishi uchun maxsus yo‘lak qurilishi boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?