16:45 / 21.03.2021
2 041

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 118 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 118 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 20 mart holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 81 339 kishiga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan bir sutka ichida mamlakatda yana 118 kishida COVID-19 tasdiqlangan, ularning 99 nafari — Toshkent shahrida.

Qolgan yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari Buxoro viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
1 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
9 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent shahrida 82 nafar, Toshkent viloyatida 17 nafar, Surxondaryo viloyatida 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar, bemor sog‘aygan bo‘lib, hozirga qadar respublika bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 79 812 kishini tashkil etmoqda (98 foiz).

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 905 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bundan bir kun avval bir sutkada 126 nafar kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekistonda 2021 yildagi yangi sutkalik antirekord.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 118 kishida koronavirus aniqlandi