Jasurbek Mavlonov va Gulinurning yangi duet taronasi barchaning ko‘nglidan joy oldi!

Jasurbek Mavlonov va Gulinurning yangi duet taronasi barchaning ko‘nglidan joy oldi!

Jasurbek Mavlonov va Gulinur hamkorlikda yangi tarona ijro qildi. "Ota-onam" deb nomlangan qo‘shiq taqdim etilganidan so‘ng qisqa fursat ichida muxlislar orasida qiziqish uyg‘otdi.

Duet uchun alohida videoklip ham suratga olingan. Qo‘shiq va klipda ota-onaga mehr, minnatdorlik va farzandlik tuyg‘ulari asosiy mavzu sifatida aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan izohlarda tinglovchilar ikki xonandaning ijrosini ma’qullamoqda. Ayrim muxlislar qo‘shiqning mazmuni ta’sirli chiqqanini qayd etgan bo‘lsa, boshqalar Jasurbek Mavlonov va Gulinurdan yana yangi duetlar kutishini bildirgan.

Hozirda "Ota-onam" klipi va qo‘shig‘i turli sahifalarda ulashilib, tinglovchilar orasida muhokama qilinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar