15:00 / 22.03.2021
1 132

Shamollash va isitma ko‘tarilganda «tez yordam» chaqirish shart emas

Shamollash va isitma ko‘tarilganda «tez yordam» chaqirish shart emas
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirus kasalligi va unga qarshi emlanish borasidagi aholi savollariga javob qaytardi.

Turli shamollash belgilari kuzatilganlarning hammasi ham tez-tibbiy va shoshilinch yordamga murojaat etishi shart emas.

Agar siz koronavirus bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo‘lgan bo‘lsangiz yoki bir necha kun oldin muloqotda bo‘lgan sog‘lom odamda PSR-test ijobiy natija bergan bo‘lsa va sizda shamollash alomatlari boshlanib, tana harorati 38 darajadan yuqori, kuchli hansirash va yo‘tal, nafas olish soni daqiqasiga 25-30 dan yuqori bo‘lsa, pulsoksimetrda saturatsiya 92 dan tushib ketgan bo‘lgan holatlarda, o‘z oilaviy shifokoringiz yoki poliklinika shifokorini topa olmaganingizdagina mustaqil murojaat etsangiz bo‘ladi.

Qolgan holatlarda, sizni nazorat etayotgan shifokoringizga yoki oilaviy poliklinikadagi shifokorga murojaat etish kerak.

Kasallanayotgan orasida bolalarning ko‘pligi xabar qilindi. Ular orasida ham kasallikni og‘ir va o‘ta og‘ir o‘tkazayotganlar bormi?
Bolalarda koronavirus simptomlarsiz, yengil va o‘rta og‘ir darajada kuzatilayotganini amaliyot ko‘rsatmoqda. Bu ota-onalarning oilaviy shifokor yoki pediatrga o‘z vaqtida murojaat etishi va shifokor nazoratida davolashni olib borayotgani natijasi deb hisoblaymiz.

Chunki qanday kasallik bo‘lmasin, shamollashning ilk alomatlarida shifokorlarga murojaat etib, uni koronavirus yoki yo‘qligini aniqlab olinsa hamda standartlar asosida to‘g‘ri davo olib borilsa, bu kasallik og‘ir darajaga o‘tmasligi olimlar tomonidan kuzatilmoqda va turli isbotlangan maqolalarda yoritilib kelinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Shamollash va isitma ko‘tarilganda «tez yordam» chaqirish shart emas