Majburiy ijro byurosi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituvida Surxondaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasining qaroriga asosan qarzdor “TERMIZ JAYXUN CLUSTER” MCHJdan davlat foydasiga soliq qarzdorliklarini undirish to‘g‘risida 13.02.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan 1 milliard 148 million 157 ming so‘m, 26.02.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan 200 million 48 ming so‘m, 11.03.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan 3 millard 997 million 961 ming so‘m, 15.03.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan 28 million 476 ming so‘m, 18.03.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan 2 milliard 108 million 702 ming so‘m jami 7 milliard 483 million 346 ming so‘mlik ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Ushbu qarzdorliklar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan qarzdor jamiyat ogohlantirilib, majburiy ijro harakatlariga kirishildi.
Natijada, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalariga asosan qarzdor jamiyatning barcha hisob raqamlariga band solinib, inkasso topshiriqnomasi qo‘yildi.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “TERMIZ JAYXUN CLUSTER” MCHJdan 2021 yil mart oyida jami 7 millard 483 million 346 ming so‘m pul mablag‘lari undirilib, Surxondaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasining tegishli hisob raqamlariga o‘tkazib berildi.
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi hamkorligida soliqlardan mavjud qarzdorliklarni undirishga qaratilgan nazorat tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilayapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin