date
views 2 312

Toshkentda yana bir bemor shifokorni jarohatladi

Toshkentda yana bir bemor shifokorni jarohatladi
Shu yilning 26 mart kuni soat 23:43 da poytaxtimizdagi «103» dispetcherlik xizmatiga Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi 19 yoshli fuqaro A.dan chaqiriq kelib tushadi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Ko‘rsatilgan manzilga tez tibbiy yordam brigadasi (shifokor – 1995 yilda tug‘ilgan Baxromjon Hazratov) 7 daqiqa ichida zudlik bilan yetib boradi. Bemor ko‘rikdan o‘tkazilayotgan vaqtda to‘satdan shifokor B. Hazratovga sababsiz tashlanib, uning boshiga qattiq jism bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazadi.

Shifokorning olgan jarohatidan kuchli qon ketayotganligi sababli voqea joyidan tez tibbiy yordam avtomashinasida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasiga olib borilgan. Keyinchalik esa bemorning ahvoli yaxshi emasligi va jarohati o‘ta og‘irligini inobatga olinib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga o‘tkazilgan.

Dastavval, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasiga olib borilgan B. Hazratovning boshidan kuchli qon ketayotganligi sababli qon to‘xtatish uchun boshning tepa va ensa sohalaridagi jarohatga 4 ta chok qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahri tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan shu yilning yanvar oyida 82 ming 462 ta, fevral oyida 80 ming 290 ta va 1 martdan to 27 martgacha 80 ming 531 ta chaqiriqlarga o‘z vaqtida zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘tgan yil ushbu tizimga mamlakatimiz bo‘yicha 11 yarim milliondan oshiq murojaatlar kelib tushgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yana bir bemor shifokorni jarohatladi