Foto: Videolavhadan skrinshot
Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi 27 mart kuni hududdagi avtomobil yo‘lida sher bolasi topib olingani aytilgan xabarga rasmiy munosabat bildirildi.
Qayd etilishicha, videoda ko‘rsatilgan sher bolasi, aytilayotganidek, topib olingani yo‘q, balki ushlab qolingan. Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilayotgan reyd davomida Qashqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomashina tekshirilganda, unda sher bolasi olib ketilayotgani aniqlangan.
Viloyat ekologiya boshqarmasi mutaxassislarining sher bolasining qayerdan, nima uchun olib ketilayotganligi haqidagi savollariga haydovchi aniq javob bermasdan hujjatlarni taqdim qilmagan. Sal o‘tmay esa «hujjatlarni olib kelaman» deb sher bolasini tashlab, o‘zi qochib ketgan.
Shundan so‘ng olib borilgan tezkor tadbirlar davomida haydovchi ushlangan. Ayni paytda dastlabki surishtiruvlar olib borilmoqda. Sher bolasi esa Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasida vaqtincha o‘rnatilgan tartibda saqlanmoqda.
— Shukhrat (@bankir2102) March 27, 2021“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi