08:03 / 28.03.2021
1 878

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
O‘zbekistonga olib kelinishi va sinovlarida bosh-qosh bo‘lgan Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovga qator savollar berildi. Xususan, «Xalq so‘zi» muxbiri vaksinaning narxi bilan qiziqdi.

«Narxlari hali aniq emas. Sababi uni narxlari ochiqlanmagan, hozircha. Biz bu vaksinaning ishlab chiqarilishidagi ma’lum qiymatini to‘lab berdik. O‘zbekiston aholisiga tekin bo‘ladi», dedi Ibrohim Abdurahmonov.

Ma’lumot uchun, Xitoy-O‘zbekiston hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini yaratishda koronavirus tashqi oqsili biotexnologik usul bilan sintezlanib olingan bo‘lib, organizmga yuborilganda oqsilga nisbatan immun javob hosil bo‘ladi. Bunday vaksinalar boshqa turdagi vaksinalar bilan solishtirganda, eng yuqori xavfsizlik profiliga ega hisoblanadi.

Vazir, shuningdek, ushbu vaksina O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilishi kutilayotganini ma’lum qildi.

«Biz tadqiqotlarni ochiqlamaslik shartini qabul qilgan edik. Unga ko‘ra, biz sinovlarda va tadqiqotlarda ishtirok etsak, bizga imtiyozlar berilishi kerak edi. Ya’ni yetkazib berilishida, naxrida va kelajakdagi ilmiy tadqiqotlarda imtiyozlar bo‘lardi. Va o‘sha uchinchi sinovlarni dunyoda birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda o‘tkazdik, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Sinovlarni samarali tashkil eta oldik va turli xususiyatlarini o‘rganib berdik. Natijada bizni hammuallif sifatida hamkorlarimiz tan olishdi. O‘zbekiston vaksinani MDH davlatlarida Xitoy bilan birgalikda tijoratlashtirish imkoniyatiga ham ega bo‘lishi ko‘rib chiqilyapti.

Bu vaksinani O‘zbekistonda ishlab chiqarishni ham yaqin kunlarda yo‘lga qo‘yamiz
», dedi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda