
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati
Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanida YHXB inspektoriga pora bergan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro A.Yu. o‘ziga tegishli avtotransport vositasini mast holda boshqarganligi yuzasidan tuzilgan bayonnomada tanishi I.I.ni huquqbuzar deb ko‘rsatishni taklif qilib, evaziga YHXB katta inspektori A.B.ga 6 million so‘m pora bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar