Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan 518 ming 500 juft “tibbiy qo‘lqop” tovarlari “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlarida qiymati 1 mlrd 91 mln.so‘mlik mazkur tibbiyot qo‘lqoplarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 125 mln.so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi