Joriy yil 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda (facebook) fuqaro Klara Saxarovaning ukasi 1984 yilda tug‘ilgan Kubatin Andrey Viktorovich 2020 yil 13 oktabr kuni Zangiota tumanida joylashgan Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus 2-son Zangiota shifoxonasiga yotqizilganligi, shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan muolajalarga qaramasdan 2020 yil 29 oktabr kuni vafot etganligi va bu holatda tibbiyot xodimlarining harakatiga baho berish haqida murojaati tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, 2021 yil 28 yanvar kuni Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali sud-tibbiyot ekspertizasida komission sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent viloyati filiali komission ekspertizasining 16-sonli xulosasiga ko‘ra, 1984 yilda tug‘ilgan A. Kubatin, “COVID-19 infeksiyasi, og‘ir kechishi, asorati ikki tomonlama shifoxonadan tashqari interstitsial polisegmentar pnevmoniya, nafas yetishmovchiligi III-daraja, endogen intoksikatsiya, o‘pka shishi, o‘pka yurak qon tomiri yetishmovchiligi 3-darajasi, hamroh gipertoniya kasalligi, semizlik 1-2-darajasi, shuningdek, poliorgan yetishmovchilik tufayli vujudga kelgan o‘tkir o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasida, bemor A.Kubatinga nisbatan tashxis to‘g‘ri qo‘yilganligi ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, xizmat tekshiruvi hamda ekspertiza xulosalarida, marhum A.Kubatinning o‘limiga sabab bo‘lgan holatlar ya’ni - ikki tomonlama subtotal, interstitsial zotiljam okibatida vujudga kelgan og‘ir darajali nafas va yurak kon tomiri yetishmovchiligi, to‘qimalar og‘ir darajadagi gipoksiyasi uning hayotlik davrida 2-son Zangiota maxsus klinika shifokorlari tomonidan aniqlangan bo‘lib, tekshiruv va davo muolajalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 sentabrdagi 8-son “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitatsiyasi buyicha vaktinchalik milliy metodik tavsiyasi” ga asosan to‘g‘ri va asosli o‘tkazilganligi qayd etilgan.
Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 28 fevral kuni jinoyat ishini ko‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi