Turli nayranglarni qo‘llagan holda bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi Asaka tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro B.O. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtagan vaqtida, haydovchining roziligi bilan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi ma’muriy hududiga olib kelinib, transport vositasi ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasi hamda salon qismida polietilen qoplarga joylashtirilgan umumiy qiymati 403,7 million so‘mlik 629 dona uyali aloqa vositalari va 2 dona planshet borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Global Janub kimniki?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi