10:00 / 31.03.2021
1 704

Madaniy boyliklarni olib chiqish rejasi ish bermadi

Madaniy boyliklarni olib chiqish rejasi ish bermadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 23 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston xalqi madaniy merosining saqlanishini ta’minlash, madaniy boyliklarning qonunga xilof ravishda olib chiqilishi va olib kirilishidan muhofaza qilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilmasligi belgilab berilgan.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona chegaralari orqali madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda yurtimiz hududidan olib chiqishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi.

Mazkur post orqali qo‘shni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro D.N boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinada 33 dona 1903-1968 yillar oralig‘ida zarb qilingan hamda respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan qadimiy tangalar, hamda olib chiqilishida maxsus sertifikat talab etiladigan 3 xil turdagi jami 107 dona (tanga, gilamcha va haykallar) madaniy boyliklar borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Madaniy boyliklarni olib chiqish rejasi ish bermadi