
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati hamda “Boshpochtamt” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida bojxona postiga xorijdan kelgan pochta deklaratsiyasida “o‘yin qurilmasi” deya ko‘rsatilgan pochta jo‘natmasini qabul qilish uchun kelgan 3 nafar fuqarolar tezkor xodimlar tomonidan kuzatuvga olindi.
Mazkur shaxslar pochta jo‘natmasini qabul qilib olgan vaqtda to‘xtatilib tekshirilganda, jo‘natmadagi “o‘yin qurilmasi” ichida og‘irligi 47,32 gramm bo‘lgan ko‘k rangli modda, ya’ni alfa-pirrolinovalerofenon(a-PVP) giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, fuqarolardan biri boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, transport vositasida giyohvandlik vositalarini “o‘z egalari”ga yetkazish uchun qismlarga ajratish va o‘rash uchun ishlatiladigan elektron tarozi, izolatsiyalovchi lenta, kanselyariya pichog‘i, ombur, metall choyqoshiq, polietilen paketchalar, ko‘p miqdordagi sariq rangli polietilen kabel o‘ram bo‘laklari va rangli rezina qo‘lqop borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing