Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha o‘tgan yil noyabr oyida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.
«Bugungi yig‘ilish kun tartibidagi masala juda jiddiy. Biz bundan to‘rt yil avval mamlakatda tinchlik va sog‘liqni saqlashni islohotlarning eng muhim bo‘g‘ini etib belgilagan edik. Shu maqsadda o‘tgan davrda juda katta ishlar qilindi, oxirgi qabul qilingan farmon va qarorlar ham tizimni tubdan isloh qilishga qaratilgandi. Bugun sohaga mas’ul Bosh vazir o‘rinbosari B.Musayev, sog‘liqni saqlash vaziri va quyi bo‘g‘indagi barcha mutasaddilar nima ishlar qilinganini hisobotini berishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tanqidiy-tahlil ruhida o‘tayotgan yig‘ilishda tibbiyotdagi ahvol juda og‘ir ekani, soha bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar bajarilmasdan qog‘ozda qolib ketayotgani ta’kidlandi.
— Bu tizimdagi ahvol qanday ekanini yaqqol ko‘rsatadi, — dedi davlat rahbari.
Yig‘ilishda so‘zga chiquvchi rahbarlar uchta masala bo‘yicha: joriy etilgan yangi tizim asosida tibbiy xarita shakllantirilgani, aholining xavf guruhlariga bo‘lingani nimani ko‘rsatganini, ikkinchi — mahallalar kesimida tibbiyot brigadalari shakllantirilib, aholi bilan manzilli ishlash qanday ahvoldaligi va bundan nechta fuqaro minnatdor bo‘lganini, uchinchi masala — tibbiyot muassasalarida qaysi xizmat pulli, qaysi bepul bo‘lganini javobini aytishi kerakligi aytildi.
Prezident ko‘pchilik rahbarlar bu vazifalarni to‘liq tushunib yetmayotganini, o‘tgan 6 oyda Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari hamda 37 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishdan olinganini qayd etdi.
Rahbarlarning dunyoqarashi o‘zgarmas ekan, bu ro‘yxat yana davom etishi mumkin.
Boshlangan islohotlarni jadallashtirish, tibbiyotdagi o‘zgarishlarni aholi ko‘proq va tezroq sezishi uchun barcha mutasaddilar aprel oyida va yil yakuni bo‘yicha nima ishlar qilishi bo‘yicha hisobot berishi aytildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi