date
views 1 970

“ISUZU”dagi 125,6 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklari fosh bo‘ldi

“ISUZU”dagi 125,6 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklari fosh bo‘ldi
Tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro B.M. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 125,6 million so‘mlik, 64 dona changyutgichlar, 6000 dona cho‘g‘lanma lampochkalar borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “ISUZU”dagi 125,6 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklari fosh bo‘ldi