
Bojxona organlari tomonidan yurtimizga tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yangiqo‘rg‘on tumani Olmazor MFYda yashovchi fuqaro M.O. yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu xonadon egasi tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 20 million so‘mlik 2 000 quti tamaki mahsulotlarini o‘z yashash xonadonidan “YAMA” sifatida foydalanib noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar