Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, prokuratura organlariga ishga olib kirishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Ma’lumotga ko‘ra, «Nosir» ismli shaxs mansabdor yaqinlari orqali fuqaro A.E.ni prokuratura organlariga ishga joylashtirishini aytib, evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgan. U ushbu pullar hisobidan 5 ming dollarini oldindan berish kerakligini aytgan.
A.E.ning tanishi I.E. ushbu holat yuzasidan prokuratura organlariga ariza bilan murojaat qilgan.
4 aprel kuni murojaat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2 nafar fuqaro Chilonzor tumanidagi «Denov» choyxonasida I.E.dan 5 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Gumondor shaxslar protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi