1 702
Urganchda “marixuana” giyohvandlik vositasi savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs fosh bo‘ldi
Bojxonachilar tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasining oldini olish hamda ushbu moddalarni sotish va tarqatish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarni fosh etishga qaratilgan tezkor tadbirlar muntazam o‘tkazib borilmoqda.
Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari viloyat Davlat xavfsizlik xizmati va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida navbatdagi tezkor tadbirni o‘tkazishdi.
Tadbir davomida, fuqaro S.A. shartli xaridorga 4 dona qog‘oz parchasiga alohida qilib o‘ralgan, og‘irligi 6,26 gr “marixuana” giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadonda 2 dona qog‘oz parchasiga o‘ralgan og‘irligi 9,1 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi hamda selofan paketda 38 dona “kannabis” giyohvandlik o‘simligi urug‘lari noqonuniy tarzda saqlanayotganligi aniqlandi.
Tadbir natijasida, jami vazni o‘rami bilan 15,36 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositalari va 38 dona “Kannabis” giyohvandlik o‘simligi urug‘lari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?