Yurtimizda koronavirusga qarshi emlash tadbirlari ramazon oyiga to‘g‘ri kelmoqda. Fuqarolarda esa ro‘za tutgan holda ham emlanish mumkinmi, degan savol paydo bo‘lishi tabiiy. SSV matbuot xizmati ushbu savol bilan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayevaga murojaat qildi.
— Ro‘za tutishda belgilangan talab va amallarni o‘rganib chiqsak, imkon qadar bemor odamlar o‘z salomatliklarini og‘irlashtirmasliklari uchun ayrim kasalliklarda ro‘za tutmasliklari tavsiya etiladi.
Bunday holatlarda, emlash jarayoniga taklif etilgan bo‘lsangiz va shifokor ko‘ruvida kasallikning o‘tkir holati yoki avj olgan davri kechayotgani ayon bo‘lsa, bu fuqarolar emlanmaydilar.
Salomatlik ko‘rsatkichlari me’yorida bo‘lib, o‘zini sog‘lom deb xis qilgan fuqaro ro‘zador bo‘lib, emlashga taklif etilgan bo‘lsalar, shifokor ularni holatlarini o‘rganib chiqib xulosa qiladi.
Bunda fuqaro salomatligi sog‘lom deb baholanib, emlash tavsiya etilgan bo‘lsa, unda emlashdan keyingi davrda – shifokor bilan bog‘lanib turishlari kerak. Sababi turli insonlar organizmining vaksinaga reaksiyasi turli xil bo‘ladi. Shu bois, emlash olganlar shifokor tavsiyalarini bajarishlari talab etiladi.
Ta’kidlash kerakki, insonlar ro‘zalarini buzmay turib ham emlanish orqali organizmda koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitet hosil qilishlari mumkin.
O‘rni kelganda aytish lozimki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati dunyo ulamolari xulosasiga asoslanib, koronavirusga qarshi emlash teri osti va mushakka qilinadigan ukollardan biri bo‘lganligi, buning ustiga oziqlantiruvchi emasligini inobatga olgan holda vaksina olshish joiz ekani, bu ish ro‘zani buzmasligi bo‘yicha bayonot bergan, — qayd etdi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi