16:45 / 14.04.2021
2 407

Farg‘onada Damas haydovchisi mashinasida 28 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi

Farg‘onada Damas haydovchisi mashinasida 28 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi
Farg‘onada haydovchi Damas'da 28 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda «Mening yurtim» telekanali «Markaziy studiya» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

YPX xodimlari mashinani to‘xtatganda, mashina salonida 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotgani aniqlangan. Damas'ning old o‘rindig‘ining o‘zida 5 nafar bola o‘tirgan. Bundan tashqari mashinaning orqa eshiklari yaxshi yopilmagan.

Haydovchidan tegishli hujjatlar talab qilinganida haydovchilik guvohnomasi ham boshqa hujjatlar ham yonida yo‘qligini aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, haydovchiga tegishli chora ko‘riladi, Damas esa jarima maydonchasiga olib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada Damas haydovchisi mashinasida 28 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi