Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga safari chog‘ida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.
Marhumning haqiga Qur’on tilovat etildi.
O‘tganlarni yaxshi amallari bilan eslash, ruhlarini shod etish muqaddas qadriyatlarimizdandir. Ulamolar bilan suhbatda Islom Karimovning ana shunday insoniy fazilatlari yodga olindi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Islom aka kamtar inson edilar. Bu maqbara ham o‘zlariga munosib bo‘lgan. Bu yerga mehr berganmiz. Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettiryapmiz. Ruhlari shod bo‘lsin, ilohim», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Allohdan yurtimizga tinchlik-farovonlik, o‘zbek xalqiga salomatlik tilab duo qilindi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar