O‘zbekistonda 16 aprel kuni yana 316 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu 2021 yildagi yangi antirekorddir. Avvalgi antirekord (292 kishi) 15 aprel kuni qayd etilgan edi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86 338 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
3 nafari Andijon viloyatida,
10 nafari Buxoro viloyatida,
7 nafari Jizzax viloyatida,
3 nafari Namangan viloyatida,
20 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
37 nafari Toshkent viloyatida,
227 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
SSVning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan bir sutka davomida Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida jami 189 kishi COVID-19 kasalligidan sog‘aygan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda. Eslatib o‘tamiz, 5 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizga yetgan, 20 martda esa yana 98 foizga tushgandi.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 636 nafarni tashkil qilmoqda. 16 aprel kuni O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 58 yoshida vafot etgani va uning o‘limiga koronavirus asoratlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xabar tarqatgandi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1864 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar