
Ayrim shaxslarning qiymati yuqori bo‘lgan tovarlarni yuk hujjatlarida ko‘rsatmagan holda mamlakatimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlariga bojxona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Chuqursoy” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan 3 ta temir yo‘l konteynerida ma’suliyati cheklangan jamiyatlar nomiga keltirilgan “mebel qog‘ozi” tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yuk hujjatlariga asosan “mebel qog‘ozi” deya ko‘rsatilgan tovarlar o‘rniga hujjatlarda qayd etilmagan qiymati 2,1 mlrd.so‘mlik gulqog‘ozlar borligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 651,9 mln.so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari xisoblandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar