Ijtimoiy tarmoqda «GAI xodimi shaxsiy avtomobilida «Damas»ni quvib yuribdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14 aprel kuni Angren shahar IIO FMB YHXB xodimi Sh.Julanov Transport boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Angren shahar, Amir Temur ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtda, «Damas» rusumli avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan. Haydovchi YPX xodimining talabini bajarmasdan harakatini davom ettirgan. YPX xodimi «Lasetti» rusumli avtomobilda bo‘ysunmay harakatlangan haydovchini kuzatib borgan. «Damas» haydovchisi harakati davomida boshqa YPX xodimlarining ham ishoralariga bo‘ysunmagan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida «Damas» avtomobili to‘xtatilgan. Haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan T.K. me’yoriy hujjatlari yo‘qligini va shu sababli xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmaganligini ma’lum qilgan. Haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Joriy yilning 16 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida holat o‘rganilib, fuqaro T.K. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi hamda 183-moddasida ko‘rsatilib o‘tilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi