
Respublikamiz hududiga bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida tovarlarni yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatmasdan yoki hujjatlarni qalbakilashtirish orqali turli noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishini oldini olish bo‘yicha bojxona organlari tomonidan bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, xorijdan olib kelingan tovarlar Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda “Urganch” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 313 mln. 500 ming so‘mlik chim o‘ruvchi mashina, chim o‘rish uchun qaychi va suv nasosi tovarlari borligi aniqlandi.
Eng achinarlisi ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur tovarlarga tegishli hujjatlar qalbakilashtirilganligi ham ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan juda ko‘p miqdordagi tovarlarni deklaratsiyalamasdan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish xatti-harakati sodir etilganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 182–moddasi 2–qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar