22:19 / 19.04.2021
2 710

Chilonzor tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan dorixona faoliyati fosh etildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “S.L.» MCHJga qarashli dorixona rahbari va sotuvchisi kuchli ta’sir qiluvchi 30 dona “Zardex” dori vositasini 600 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbirda dorixonada muomalaga kiritish uchun saqlab kelinayotgan yana 870 dona “Zardex”, 120 dona “Gabagamma” hamda 111 dona «Tebantin» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzor tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan dorixona faoliyati fosh etildi