16:00 / 22.04.2021
2 168

Bankka 1,5 mlrd. so‘mlik ko‘chmas mulk kredit qarzi evaziga olib berildi


Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 05.10.2020 yildagi 1-2904/2020-sonli ijro varaqasiga asosan “O‘zmilliybank” Sirdaryo viloyati filiali foydasiga qarzdor “Farma servis” MCHJ va qo‘shimcha javobgar “Master Global max” MCHJdan 1 522 678,5 ming so‘m kredit qarzini undirish haqida ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha sud ijro varaqasida ko‘rsatilgan kredit qarzi to‘lanmaganligi sababli ijro hujjati bo‘yicha qarzdor hisoblangan qo‘shimcha javobgar “Master Global max” MCHJ balansida bo‘lgan O‘zbekiston tumani Qoratepa qishlog‘ida joylashgan o‘g‘it ombori, molxona bino va inshootlari belgilangan tartibda xatlangan.

1 mlrd. 700 mln. so‘mga baholangan mazkur bino va inshootlar “Ye ijro auksion” onlayn savdo maydonchasiga qo‘yilgan, biroq potensial xarid aniqlanmaganligi sababli sotilmagan.

Shundan so‘ng, xatlangan ko‘chmas mulklar undiruvchi “O‘zmilliybank” Sirdaryo viloyati filialiga 1 mlrd. 522 mln. 678,5 ming so‘m qiymatda taklif etilgan va undiruvchi vakillari tomonidan bino va inshootlar to‘liq qabul qilib olingan. Ijro hujjati amalda to‘liq ijrosi ta’minlanganligi sababli tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bankka 1,5 mlrd. so‘mlik ko‘chmas mulk kredit qarzi evaziga olib berildi