Toshkent shahar va Andijon viloyati bojxona boshqarmalari tomonidan O‘zbekistonga noqonuniy ravishda olib kirilayotgan Tramadol, Lirika va Regapen kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlandi.
Jumladan, “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda bojxona postiga xorijdan kirib kelgan temir yo‘l vagonlari o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, poyezd tarkibidagi vagon g‘ildiragi orqa tag qismiga ustamonlik bilan yashirilgan 2 ta qora rangli polietilen paketlar bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.
Mazkur polietilen paketlar ko‘zdan kechirilganda, ularning ichida 8000 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, avtotransport vositasining yukxonasida fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan, umumiy qiymati 66,5 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 770 dona “Lirika 300 mg” nomli va 560 dona “Regapen 300 mg” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi